4-SINFDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O‘QITISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada 4-sinf matematika fanida geometriya elementlarini o‘qitishning samarali usullari, bosqichlari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik va o‘lchash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari yoritilgan. Shuningdek, geometrik shakllarni tanish, ularning xossalarini aniqlash, chizish va o‘lchash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari ishlab chiqilgan. Maqolada interfaol metodlar, o‘yinli mashg‘ulotlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning dars jarayoniga faol jalb etilishi, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarining rivojlanishi ilmiy asosda asoslab berilgan.










