BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI VA MILLIY HAMDA XALQARO DASTURIY TA’MINOTLAR TAHLILI
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston bozorida qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish dasturlari, jumladan, 1C: Buxgalteriya, 1UZ, CFO.UZ va milliy ERP tizimlarining funksional imkoniyatlari, afzalliklari va amaliy qo‘llanilish darajasi yoritilgan. Shuningdek, xalqaro amaliyotda keng tarqalgan QuickBooks, Xero, Sage Accounting dasturlari tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashuvchanligi, funksionalligi va narx siyosati o‘rganildi. Buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan milliy va xalqaro amaliyotga mos keladigan dasturiy mahsulotlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi va so‘rovnoma natijalari asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan dasturiy mahsulotlar va ular uchun to‘lanayotgan yillik xarajatlar tahlil etildi. Olingan natijalar asosida mamlakatda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi
Downloads
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-7728924
2. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari: O‘quv qo‘llanma / A.A.Karimov va boshqalar. - Т .: “Iqtisod-Moliya”, 2018.
3. Smith, J. “Cloud Accounting Solutions for Small and Medium Enterprises”, New York: Financial Times Press (2019).
4. R. Busulwa and N. Evans. “Digital Transformation in Accounting”, London and New York: Routledge (2020).
5. 1C: Buxgalteriya dasturi rasmiy sayti. https://1c.uz
6. QuickBooks Online rasmiy sayti. https://quickbooks.intuit.com
7. Sage Accounting rasmiy sayti. https://www.sage.com
8. XBRL International rasmiy sayti. https://www.xbrl.org










