PEDAGOGIK FAOLIYATDA KOMPETENTSIYAVIY YONDASHUVNING ROLINI OSHIRISH USULLARI

Authors

  • Sherzodjon Sultonov Qo'qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Author

Abstract

Keyingi o‘n yilliklar mobaynida bir qator Yevropa, AQSh, Rossiya va bizning mamlakatimizda, oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bunda asosiy e’tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha kompetensiya shakllanishi va takomillashuviga qaratilmoqda. Bugungi kunlarda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis talab qilinayapti. U faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llovchi mutaxassis bo‘lib yetishishi lozim. 9 Olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta’limni isloh qilish, yangilash, takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘llaridan biri kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv hisoblanadi. Oliy ta’limda o‘qish va tarbiyaning bunday uslubini joriy qilish o‘z-o‘zidan an’anaviy qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi kamlik qilishi ko‘zga tashlanmoqda. Zamonaviy ta'lim tizimi nafaqat bilim berish, balki talabalarning kasbiy, shaxsiy va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Bu jarayonda kompetentsiyaviy yondashuvning roli juda katta. Uning asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy hayotda zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Ushbu maqolada pedagogik faoliyatda kompetentsiyaviy yondashuvning ahamiyati va uning rolini oshirish usullari tahlil qilinadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Axmedova Mukarram Tursunalievna Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo‘llanma): 5110900 – Pedagogika va psixologiya / -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet.

Bermus A.G. Problemы i perspektivы realizatsii kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii. www.eidoc.ru. 2005, 09, 1

Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical competence. Swedish, Division for Development of Teaching and Learning, Uppsala University, 2010.

Vdovina S.A. Professionalno pedagogicheskaya kompetentnost i yee struktura. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Perm – 2009.

Slastenin V., Isaev I., i drg. Pedagogika. Uchebnaya posobiya.

Downloads

Published

2024-12-11