ONA TILI TA’LIMIDA PRAGMATIK KO‘NIKMALAR
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida pragmatik yondashuvning ahamiyati va o‘quvchilarda nutqiy-pragmatik ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Muallif tilshunoslikda pragmatika yo‘nalishining shakllanishi va uning ona tili o‘qitish metodikasiga tatbiq etilishi zarurligini asoslaydi. Ona tili darslari orqali o‘quvchilarda so‘zning mazmuni, ohangi, muloqot vaziyatiga mos qo‘llanishi, shuningdek, nutqiy muomala madaniyatini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada pragmatik tilshunoslikning falsafiy asoslari (fenomenologik va germenevtik metodlar) va morfologik birliklarning pragmatik funksiyalariga misollar keltirilib, ularni o‘quv jarayonida qo‘llash samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi shaxsini kommunikativ va madaniy jihatdan yetuk inson sifatida shakllantirishda pragmatik yondashuv muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.Downloads
References
1. Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. – Т.: Юлдузча, 1990.
2. Гегель. Философия духа // Гегель. Сочинения. том III. – М., 1956.
3. Гегель. Философия духа // Гегель. Сочинения. том III. – М., 1956.
4. Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари. – Т.: Akademnashr, 2013.
5. Менглиев Б. Р. Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатҳлараро муносабатлар: Филол. фанл. док-ри ...дисс. автореф. – Т., 2002.
6. Нигматов Х. Г. Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI-XII вв. – Т.: Фан, 1989.
7. Лингвистический энциклопедический словарь. – М.: Сов. энц-я, 1990.










