HARBIY FAOLIYATDA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIK ROLINING O‘RGANILISHI
Abstract
Darhaqiqat, bo‘lajak ofitserning bo‘ysunuvchi sifatida ham bo‘lajak komandir (boshliq) sifatida ham muloqot jarayoni keng ko‘lamli ko‘rinishga ega bo‘lib, ular: rasmiy va norasmiy, maxfiy va ochiq, bevosita va bilvosita, shaxslararo va ommaviy, ish yuzasidan va shaxsiy va boshqalar. Bundan tashqari, uning faoliyati juda aniq o‘ziga xos me’yorlar bilan belgilangan bo‘lib, bu o‘ziga xoslik uning kasbiy muloqotining xarakterli xususiyatlarida muhim o‘rin egallaydi. Shu nuqtayi nazardan olganda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida muloqotchanlikni rivojlantirishda kommunikativ qobiliyatlar ahamiyatli hisoblanadi. Bunga ko‘ra, kommunikativ qobiliyat – bu vaziyatga moslashish va verbal va noverbal muloqot vositalaridan foydalanish erkinligini ta’minlaydigan ajralmas shaxs xususiyati bo‘lib, boshqa insonning ruhiy holatini va shaxsiy qiyofasini adekvat aks ettirish hamda xatti-harakatlarini mos ravishda baholash, ular asosida idrok etilgan shaxs xulq-atvor xususiyatlarini bashorat qilish mahoratidir.