KORXONALARDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH ORQALI MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISH
Abstract
Bugungi kunda korxonalarning bozorlarda o‘z o‘rnilarini saqlab qolishi va bozorlarda erkin faoliyat yuritishlari uchun ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va sifat menejmentini tashkil etish bilan bir qatorda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalalari ham eng muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini samarali tashkil etish korxonalarning mijozlar bilan kelgusidagi hamkorliklarini yanada samarali tashkil etishga zamin yaratadi. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan gender siyosatiga katta e’tibor berilayotganligi ham ayollarning davlat va jamiyat qirilish jarayonlarida faol ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratishga e’tibor qaratiladi. Bu bir tomondan ayollar mehnatidan samarali foydalanish bo‘lsa boshqa tomondan ularning korxona va tashkilotlarda mehnat qilish orqali yuqori samara berish imkoniyatlari mavjud ekanligi bilan izohlanadi. Avvalgi davrlarda qanchadan-qancha qobiliyatli xotin-qizlarning qobiliyatlari e’tiborsizlik oqibatida rivojlanmay yo‘qolib ketar edi. Buni esa ularning ishlashga majbur emasligi, ularni moliyaviy tomondan ta’minlab turish masalalari ularning otasi, akasi, ukasi yoki turmush o‘rtog‘ining zimmasida bo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Bu esa jamiyat uchun muhim mutaxassis bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotin-qizlarning oddiy yumushlar bilan band bo‘lib qolishlariga olib kelishi mumkin. Bunday masalalarni samarali tashkil etish yuzasida quyida o‘z ilmiy mulohazalarimizni keltirib o‘tamiz.
Downloads
References
Jamoldinova, O. R., and D. K. Baxronova. "GENDER: GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI VA SIYOSIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.7 (2022): 477-483.
Abdivaliyeva, Nozigul. "YURTIMIZDA GENDER TENGLIGI STRATEGIYASI." Академические исследования в современной науке 2.5 (2023): 89-93.
Maxmudova, Muxlisa. "INNOVАTSION BАNK XIZMАTLАRINING RIVOJLАNISHIDA GENDER TENGLIGINING O‘RNI." Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil 2.1 (2024): 67-74.
Shukrillayevna, Nasirova Saodat. "ISHLAB CHIQARISHDA AYOLLARNI MEHNATINI MUHOFAZA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH." Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 8.1 (2024): 100-107.