MILLIY CHOLG‘ULAR TIMSOLINING YOSHLAR MADANIY XOTIRASINI SHAKLLANTIRISHDAGI TARBIYAVIY IMKONIYATLARI
Abstract
Maqolada milliy cholg‘ular timsolining yoshlar madaniy xotirasini shakllantirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari yoritiladi. Dutor, tanbur, rubob, gijjak, nay, doira, chang kabi milliy cholg‘ular xalqning tarixiy-madaniy tajribasi, estetik qarashlari, turmush tarzi va musiqiy tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan madaniy belgilar sifatida talqin qilinadi. Milliy cholg‘u timsolini faqat musiqa asbobi sifatida emas, balki avlodlar xotirasini bog‘lovchi ramziy vosita sifatida anglashning pedagogik ahamiyati ochib beriladi. Yoshlarning madaniy xotirasini shakllantirishda cholg‘ularning tarixiy kelib chiqishi, ijrochilik an’analari, ustoz-shogird munosabatlari, cholg‘u yasash madaniyati va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan bog‘lash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy cholg‘u timsoli asosida madaniy identifikatsiya, avlodlar davomiyligi, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy ongni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar taklif etiladi.Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning II Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqi, 2024-yil 25-iyun
2. Fitrat, A. O‘zbek klassik musiqasi tarixi. - Toshkent: Fan, 1993.
3. Rajabiy, Yu. Shashmaqom. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.
4. Turdiyev, Sh. O‘zbek an’anaviy xonandaligida ustoz-shogird an’anasining badiiy-ijrochilik tamoyillari. -Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali, 2026, 8(5), 2252–2255.
5. Azizxonova, M., and E. Qobilova. "YoSHLARNI MUSIQIY MADANIYATI VA MAʼNAVIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI." Oriental Art and Culture 3 (2022): 51-57.
6. Qobilova, E. "THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION." QO ‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER 12 (2024): 99-100.
7. Qobilova, E. "Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari." Oquv qollanma, Fargona.“Fargona” nashriyoti (2020).










