BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY-PEDAGOGIK KOMMUNIKATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV YONDASHUV
Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kommunikativligini rivojlantirishda refleksiv yondashuvning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Refleksiya jarayonining bo‘lajak pedagoglarning o‘z pedagogik faoliyati, muloqot uslubi, kasbiy xatti-harakatlari va kommunikativ imkoniyatlarini anglash hamda tahlil qilishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, refleksiv yondashuv asosida talabalarning pedagogik muloqot jarayonida o‘z fikrini aniq ifodalash, suhbatdoshni tinglash, konstruktiv fikr bildirish, nizoli vaziyatlarni maqbul hal etish va kommunikativ xatti-harakatlarini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada refleksiv suhbat, pedagogik vaziyatlar tahlili, o‘z-o‘zini baholash, fikr-mulohaza va refleksiv kundalik kabi metodlardan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kommunikativligini shakllantirishning samarali vositalari sifatida asoslangan.
Downloads
References
1. Tolipova O.I. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2023.
2. Tolipova O.I. Ta’lim jarayonida pedagogik kommunikatsiya va samarali rahbarlik mexanizmlari. - Zamonaviy ta’lim strategiyalari: muammo va yechimlar, 2026, 186-190-betlar.
3. Tolipova O.I. Oliy ta’limda kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning pedagogik asoslari. - Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 2026. – №18-A. – 130-133-b. DOI: 10.54613/ku.v18i.1600. Tolipova O.I. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish muammolari va yechimlari. - Yangi Renessansda ilm-fan taraqqiyoti, 2026.
4. Tolipova O.I. Ta’lim jarayonida individual va differensial yondashuvlarning pedagogik samaradorligi va ularni qo‘llash mexanizmlari. - Zamonaviy ta’lim strategiyalari: muammo va yechimlar, 2026.
5. Tolipova O.I. Talabalarda kreativ va diskursiv tafakkurni rivojlantirishning innovatsion pedagogik yondashuvlari. -Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar, 2026.










