Vol. 1 No. 1 (2026): TIPU Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti va EYIB hamkorligidagi Lingvopoetika: yangi tadqiqotlar, yangicha yondashuvlar ilmiy maqolalar to'plami
Articles

SO‘Z SHAYXINING MO‘JIZALARI

Nizomiddin MAHMUDOV
Filologiya fanlari doktori, professor O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Published 2026-06-13

Abstract

So‘zni ham so‘ylatgan, ham o‘ylatgan va shuning barobarida ming bir ishva bilan hech bir iddaosiz o‘ynatgan, tilning tafakkur va taxayyul bobidagi imkoniyatlariga favqulodda ko‘lam va qamrov baxsh etib, uni betakror badiiyat deyiladigan arshi a’loga ko‘tarmoqday muntazam mashaqqatdan hamisha huzur va hayrat tuygan, butun hayotining mazmunini ana shu hayrat va huzurni boshqalar bilan bo‘lishmoq, baham ko‘rmoqdan iborat deb bilgan ijodkorning umri boqiydir. “Chunki hayrat va huzur, insoniyat paydo bo‘libdiki, dunyoning hamma mintaqalarida hamma zamonlarda yurakning yumushi, qalbning qa’ridagi qadri baland to‘lqin va tiniqish sifatida namoyon bo‘ladi. Demakki, ayni shu hayrat va huzur o‘zining ijodkori uchun ham insonlar qalbidan joy hozirlaydi, bu joy esa minnatsiz, ammo minnatdor qalbning eng muhtasham va mahram nuqtasidir.