Published 2026-06-02

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Abstract
Mazkur maqolada suv diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni, uning global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati keng tahlil qilinadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv taqsimoti bilan bog‘liq muammolar hamda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari yoritib beriladi. Shuningdek, suv diplomatiyasining ekologik barqarorlikni saqlash, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada suv xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari, xalqaro tashkilotlar faoliyati hamda mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishdagi asosiy omillar ilmiy asosda tahlil etilgan. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va aholi sonining ortib borishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar ham ko‘rib chiqiladi.
References
- 1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2021. - 464 b.
- 2. The United Nations World Water Development Report 2023: Partnerships and Cooperation for Water [Elektron resurs]. - Paris: UNESCO, 2023. - URL: https://www.unwater.org/publications/un-world-water-development-report-2023. - Murojaat sanasi: 29.05.2026.
- 3. Water [Elektron resurs] // The World Bank Group. - URL: https://www.worldbank.org/ext/en/topic/water. - Murojaat sanasi: 29.05.2026.
- 4. Interstate Commission for Water Coordination of Central Asia - ICWC [Elektron resurs]. - URL: https://www.icwc-aral.uz/. - Murojaat sanasi: 29.05.2026.
- 5. Ahmed B. Xalqaro munosabatlarda suv resurslarini boshqarish:
- muammolar va imkoniyatlar. -2013. -B. 1-28.