Vol. 1 No. 1 (2026): QDU “Milliy g’oya va huquq hamda Falsafa va dinshunoslik” kafedralari va EYIB hamkorligidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Articles

AFG‘ONISTONDA TRANSMINTAQAVIY SUV MUAMMOSI: AMUDARYO HAVZASIDA SUV XAVFSIZLIGI VA MINTAQAVIY DIPLOMATIYA MASALALARI

B.J.Shamsiddinov
Qo‘qon davlat universiteti Falsafa va dinshunoslik kafedrasi

Published 2026-06-02

Abstract

Bugungi ma’ruzam Afg‘onistonda shakllanayotgan transmintaqaviy suv muammosi, xususan Amudaryo havzasi doirasida suv xavfsizligi, mintaqaviy diplomatiya va ekologik-huquqiy mas’uliyat masalalariga bag‘ishlanadi. Mazkur mavzu bugungi kunda Markaziy Osiyo uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Chunki Afg‘oniston hududida amalga oshirilayotgan yirik suv xo‘jaligi loyihalari, ayniqsa Qoshtepa kanali qurilishi, endilikda faqat bir davlatning ichki iqtisodiy ehtiyoji sifatida emas, balki butun Amudaryo havzasining suv balansi, O‘zbekiston va Turkmanistonning irrigatsion xavfsizligi, Orolbo‘yi ekologik holati hamda mintaqaviy siyosiy ishonch tizimi bilan bog‘liq murakkab masala sifatida namoyon bo‘lmoqda.