FOND BOZORIDA ANDERRAYTERLIK FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI

Authors

  • Nargiza Tursunova O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Author
  • Zebiniso Asomova O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.13856524

Abstract

Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy resurslarga katta ehtiyoj mavjud. Ushbu ehtiyojlarni qanoatlantirishda kapital bozori va u orqali jalb qilinadigan investitsiyalar muhim o‘rin tutmoqda. Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarda ham kapital bozori yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotlari xalqaro kapital bozorining rivojlanishida asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi. Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotlarining muvaffaqiyatli o’tkazilishini ta’minlashda anderrayterlik xizmatlarining sifati ham muhim omil hisoblanadi.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2024-09-29