Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

ELEKTROMOBILLAR ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARINING ISTIQBOLLARI

Azizbek Xudoyorov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Rovshanjon Ergashev
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Dunyo tajribasi ko‘rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijalari investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi ishlab chiqarish loyihalarini samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko‘proq ta’minlanishi mumkin ekan. Amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Umuman, bugungi kunda ishlab chiqarish loyihalari to‘g’risida ko‘plab gapirilmoqda. Ishlab chiqarish loyihasi tushunchasining tobora keng qo‘llanilishi, avvalom bor, ushbu yangi atamaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi.