Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

KAPITAL BOZORIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH XUSUSIYATLARI

Dinara Abdikarimova
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, kafedra mudiri, DSc, prof.
Mirzoxid Murodov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Bugungi kunda kapital bozorini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan, jumladan, fintex mahsulotlari, robo-maslahatchilar, sun’iy intellekt kabilardan foydalanishga e’tibor qaratish lozim. So‘nggi yillarda banklar va boshqa moliyaviy institutlar raqamli transformatsiyani tezlashtirmoqda. Ushbu transformatsiyaning bir qismi sifatida moliyaviy tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy va sug‘urta faoliyatlari davomida keng ko‘lamdagi malumotlarni to‘plash, tahlil qilish va yaratilgan ma’lumotlardan to‘liq foydalanish uchun ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalanishadi. Shuningdek, innovatsion raqamli moliya xizmatlarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratish maqsadida moliyaviy tashkilotlar bo‘ylab ma’lumotlar almashishni osonlashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Moliya sektorida maʼlumotlarning koʻpayishi va ularning moliyaviy tashkilotlar oʻrtasida taqsimlanishi hisobga olinsa, mazkur holat moliya sektorlari uchun raqamli transformatsiyani amalga oshirishni talab qiladi. Bu esa kapital bozorida intellektual tizimlarning qo‘llanishi zarurligini ko‘rsatadi.