Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK AMALIYOTI ASOSIDA INFRATUZILMA VA XUSUSIY TA’LIM LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH

Aziza Aliqulova
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Alibek Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning budjetdan tashqari muhim moliyaviy manbalardan biri sifatida foydalanish, qo‘shimcha moliyaviy resurslar sifatida jabl qilish natijasida investitsiya faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, xususiy sektorning qiziqishlarini kuchli himoyasini ta’minlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarni rivojlantirish, davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishda davlat-xususiy sheriklikdan kengroq foydalanish kabilarga erishishda davlat-xususiy sheriklik amaliyotini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.