Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

DIVIDEND SIYOSATI ORQALI KORXONALAR INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH

Nazarali Dadaxonov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Behruz Ziyadullayev
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etishda investitsion jozibadorlikni oshirish muhim hisoblanadi. Mazkur jarayonda dividend siyosatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlariga moliyaviy resurslar, ya’ni investitsiyalar jalb qilishda mazkur koʻrsatkichlarning holati qay darajada ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsion jozibadorlikni oshirish aksiyadorlik jamiyatlari uchun yangi moliyaviy resurslarni shakllantirish, korxona bozor kapitallashuvini oshirish, yangi texnika texnologiyalar kirib kelishiga imkoniyatlar yaratadi. Shu sababli investitsion jozibadorlikni oshirishda puxta oʻylangan dividend siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. Mamlakatimizda hanuzgacha fond birjalari yetarli darajada rivojlanmaganligi, davlat ishtirokidagi korxonalarda investitsion jozibadorlikning pastligi, aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil etilmaganligi kabi jihatlarga e’tibor qaratilishi lozim.