Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

TO‘LOV JARAYONLARI VA XARIDLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHNING LOYIHALARDAGI AHAMIYATI

O‘tkir Eshqobilov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Nazokat Kamolova
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli xususiy biznes vakillari loyihalarga mijozlarni keng ko‘lamda jalb etish hamda daromadni oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy usullar va vositalardan foydalanishmoqda. Xususan, bugungi kunda bir qator onlayn-do‘konlar va bozorlar xaridorlarga xaridlar uchun ortiqcha to‘lovlarsiz teng qismlarda to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lgan yangi usullarni taklif qilmoqda. Loyihalarda to‘lov jarayonlari va xaridlarni samarali tashkil etishda bo‘lib to‘lash va BNPL xizmatlarining rolini o‘rganish, mijozlarni keng ko‘lamda jalb etish hamda daromadni oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy usullar va vositalarni milliy amaliyotda joriy etish lozim.