Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

INNOVATSION STRATEGIYA ORQALI INNOVATSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATLARI

Aziza Esirgapova
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Shaxzod Urolboyev
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Published 2024-09-29

Abstract

Innovatsion faoliyatni tashkil etish istalgan tarmoqdagi korxonalar uchun bozordagi o‘rnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish hamda foydani maksimallashtirish kabilarga erishish uchun zarur. Korxonalar o‘z faoliyatida innovatsion faoliyatni tashkil etish hamda korporativ boshqaruvda innovatsiyalarning o‘rnini mustahkamlashga e’tibor qaratishlari lozim. Bu esa iqtisodiyotda innovatsion loyihalarni ko‘paytirish imkoniyatini taqdim etadi.