BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA METAKOGNITIV STRATEGIYALAR VA REFLEKSIV YONDASHUV
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida metakognitiv strategiyalar va refleksiv yondashuvning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchining o‘z fikrlash jarayonini anglash, nazorat qilish va baholash qobiliyatlari o‘qish samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda yoritiladi. Metakognitiv yondashuv o‘qish jarayonini faqat matnni idrok etishdan tashqariga olib chiqib, o‘quvchining fikrlash, tahlil qilish va o‘z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlantiruvchi mexanizm sifatida ko‘riladi. Refleksiv yondashuv esa o‘quvchining o‘z o‘qish faoliyatini tahlil qilish, shaxsiy tajriba bilan bog‘lash va ma’naviy-intellektual rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada metakognitiv strategiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘qishning psixodidaktik asoslarini kuchaytirish, o‘quvchini mustaqil fikrlovchi, ongli o‘quvchi sifatida shakllantirishning nazariy va amaliy yo‘llari yoritilgan.
Downloads
References
1. Avazova, D. (2025). Boshlang‘ich sinf ona tili va o'qish savodxonligini o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish ijtimoiy zarurat sifatida. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 54-57.
2. Oyjamol, R. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarning o’qish savodxonligini baholovchi pirls xalqaro tadqiqoti. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 603-605.
3. Tursunova, S. I. (2025). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish savodxonligini shakllantirishda matnning o ‘ziga xos xususiyatlari. Acumen: International journal of multidisciplinary research, 2(3), 109-113.
4. Xaydarova, D. (2024, December). Boshlang’ich sinf “o’qish savodxonligi” darslarida adabiy janrlarni o’qitish nazariyasi. In International conference of natural and social-humanitarian sciences (Vol. 1, No. 9, pp. 12-19).










