RAQAMLI REKLAMANING KICHIK VA O‘RTA BIZNESGA TA’SIRI
Abstract
: Raqamli reklama zamonaviy marketing vositasi sifatida kichik va o‘rta biznes (KOB) uchun tejamkorlik, savdo hajmini oshirish, mijozlar bazasini kengaytirish va global bozorga chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda raqamli reklamaning afzalliklari, jumladan, maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilish, reklama xarajatlarining kamayishi va natijalarni aniq o‘lchash imkoniyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, 2023-yilda O‘zbekistonda faoliyat yuritgan xorijiy kompaniyalarning soliq to‘lovlari misolida ushbu vositaning iqtisodiy jihatlari o‘rganiladi. Maqola kichik biznes egalari va marketing mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, raqamli reklama strategiyalarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.