Vol. 1 No. 3 (2024): Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo’lishining o’ziga xos tomonlari

Nodirbek Muxtarov
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi 1 mintaqaviy hudud 14 son Jazoni ijro etish koloniyasi Tezkor-qidiruv bo’limi tezkor vakili kapitan

Published 2024-12-21

Abstract

Xalqimiz, ota-bobolarimiz bejizga bu maqolni ishlatishmagan. Hunar hunardan rizqing unar. Qachonki biz mehnat bilan band bo’lar ekanmiz, tanamiz, ongimiz ham harakatda bo’ladi. Sog’ligimiz me’yorida bo’ladi. Fikrlashimiz tiniqlashadi. Hayotga bo’lgan ishonchimiz ortadi. Atrofdagi insonlarda yaxshi taassurot uyg’otamiz. Mehnatimiz natijasida boshqa insonlarga, muhtojlarga yordam ulashamiz. Mehnatimiz orqasidan nafaqat o’zimiz balki yaqinlarimiz ham rohat ko’radi. Mehnat qilib daromad topishimiz, o’zimizga kerakli kiyim-kechaklar olishimiz, kundalik ehtiyojimizda kerak bo’ladigan oziq-ovqatlarni topishimiz mumkin. Yaqinlarimizga ota-onamizga, aka-uka, opa-singlimizga ham yaxshilik qilish uchun ularga sovg’alar ulashish uchun ham mehnat qilib daromad topamiz. Farzandlarimizni o’stirishimiz uchun ularni behavotir ta’lim olishini ta’minlash uchun ham mehnat qilamiz.