EGOTSENTRIZMNI O‘SMIR SHAXSIDA NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
Abstract
Ma`lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko’rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o’zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o’zi mustaqil ishlarni bajarishga to’g`ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan holi bo’lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o’smirning o’z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu yoshda kishini mustaqil harakat qilishga kodir bo’lishga, ayni hollarda tevarak atrofdagi kishilarga qarshi borib, o’zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga dav`at etadi, Kichik o’smirda o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini anglashni shakllantirishni bir qancha yo’llari mavjud.