LOYIHALARNI BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Authors

  • Sh. Amonov O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantlari Author
  • D. Mirtulyaganova O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantlari Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.13947310

Abstract

Dunyo amaliyotidan kelib chiqqan holda tarmoqlarda loyihalarini boshqarish va ularni moliyalashtirish ko‘plab iqtisodiyot tarmoqlarining asosiga aylanib bormoqda. Shu boisdan ko‘plab tadqiqotchilar biznes loyihalarini boshqarish, moliyalashtirish, ularning samaradorligini baholash, moliyaviy risklarni baholashni samarali shakllantirish, biznes loyihalarini moliyalashtirishning zamonaviy shakllaridan foydalanishni lozim topgan holda tadqiqotlar olib bormoqda. Demak, “qashshoqlikni bartaraf etish, gender tengligidagi taraqqiyotni tezlashtirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, ekologik barqarorlikni oshirish, shaharlarni rivojlantirish, qishloqlarni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini rag‘batlantirish, boshqaruv va institutsional salohiyatni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya, xususiy sektor operatsiyalarini kengaytirish, rivojlanish uchun moliyaviy resurslarni kengaytirish”[1] kabilar sohalardagi biznes loyihalarini amalga oshirish, boshqarish moliyalashtirish va samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilishi lozim.  Xalqaro miqyosda ko‘plab tadqiqotlar olib borilsada, turli darajada rivojlangan iqtisodiyot, turlicha moliyaviy tizim hamda har xil iqtisodiy-moliyaviy xususiyatlarning shakllanganligiga ko‘ra har bir tadqiqot bir-biridan farq qiladi. Shu sababli loyihalarni boshqarishning tashkiliy masalalarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi.

 

[1] https://www.adb.org/sites/default/files/institutional-document/191221/investor-presentation-202404.pdf - Осиё тараққиёт банки (АДБ) расмий сайти маълумотлари

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2024-09-30