Vol. 1 No. 1 (2026): TIPU Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti va EYIB hamkorligidagi Lingvopoetika: yangi tadqiqotlar, yangicha yondashuvlar ilmiy maqolalar to'plami
Articles

AKSILOGIK METAFORALARNING KOGNITIV MODELLASHISHI MASALASIGA DOIR

Zafar Pardayev
dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Chirchiq, O‘zbekiston

Published 2026-06-13

Keywords

  • metafora, konsept, konseptosfera, konseptual metafora, freym, aksiologik baho, nutqiy tafakkur.

Abstract

Antropotsentrik yondashuv zamonaviy tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shunga bog‘liq holda lingvistikada sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika kabi bir qator ilmiy sohalar rivojlanmoqda. Bu esa lingvistik tadqiqotlarda  til va tafakkur, til va ong aloqalari tabiatiga yanada chuqurroq kirib borish uchun zamin yaratadi. Tilimizda metaforalardan keng foydalaniladi hamda fikrlarimizni ta’sirchan, jozibali qiladi.Metaforalar inson ongida avtomatik tarzda shakllanadigan fikrlar majmuasidir. Bu kognitiv metaforadir. U ham badiiy adabiyotda ma’lum janrlarni shakllantiruvchi, konseptlarni nutqiy faollashuvi va konseptuallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kognitiv metaforlarning namoyon bo‘lishi usullari va modellashuvi masalalari yoritib berilgan.