Vol. 1 No. 1: Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Thesis

MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Abduqaxorov Odiljon
TDIU., mustaqil izlanuvchisi

Published 2024-09-30

Abstract

Hozirgi global iqtisodiyot madaniyat va san’at sohasiga ham ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, sohani moliyalashtirishning asosiy omillarini har tomonlama integratsiyalashni talab etadi. Shiddatli jahon bozorining umumiy hususiyatiga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildirgan edi. Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan о‘zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va shafqatsiz tus olmoqda. Bunday iqtisodiyotning muntazam takomillashib borishini ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor yо‘nalishlaridan biri ham shundan iborat. Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari - iqtisodiy islohotlarimizning о‘zak masalasidir. Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir.