Taqdimotlar

EYIB (Educational Yield Insights & Breakthroughs) ilmiy elektron jurnali uchun maqola yuborish talablari

Maqolalar yozish tartibi IMRAD talablari asosida belgiladi va ular quyidagicha:

Maqolaning eng kam sahifasi: 3 sahifa asosiy qism.

Shrift: Times New Roman

Shrift o'lchami: 14 punkt

Qatorlar intervali: 1 punkt

Maydon: Chapdan 2 sm, o'ngdan 2 sm, yuqori va pastki qismlari 2 sm.

Jurnal tillari: о'zbek, рус, eng.

  1. Maqolaning dastlabki qismi titul hisoblanadi(maqola nomi, muallif ma’lumotlari, bog‘lanish uchun na’lumotlar). Mualiflar soni 4 kishidan oshmasligi lozim
  2. Annotatsiya tadqiqot ishining qisqacha xulosasi. Unda tadqiqotning maqsadi, metodologiyasi, natijasi va xulosasi aks ettirilgan bo‘ladi. Bakalavr bosqichi talabalari yakuniy loyiha ishlari abstrakti 100-200 so‘z oralig‘ida bo‘lishi lozim.
  3. Kirish qismi. Kirish qismi ikkiga bo‘linadi:
  • Maqolaning kirish qismi mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, muammosi va asoslarini hamda gipotezalarni o‘z ichiga oladi.
  • Adabiyotlar tahlili qismida mavzu doirasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan chop etilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rgangan holda ular haqida qisqa xulosalar berishi lozim bo‘ladi.
  1. Metodologiya. Ushbu qismda maqolani amalga oshirayotgan izlanuvchi tadqiqotning natijalar qismini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan usullarni, foydalaniladigan ma’lumot bazalarini, talaba birlamchi ma’lumotlardan foydalanilgan taqdirda ushbu ma’lumotlarni shakllantirish usullarini, o‘zgaruvchilar tahlilini (agar ekonometrik modellardan foydalangan bo‘lsa) yoritadi.
  2. Natijalar qismi.Maqolaning natijalar qismi eng asosiy qismlardan biri sanalib, ushbu qismda tadqiqotchi kirish qismida qo‘ygan savollariga javob topishi uchun hisobotlar taqdim etadi. Tadqiqotga tegishli bo‘lgan natijalar ushbu bo‘limda keltiriladi. Natijalar odatda biror shaklda va ko‘rinishda taqdim etiladi: jadvallar, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, chizmalar yoki matn ko‘rinishida. Rasmlarda qisqacha sharhlar, taqqoslashlar, statistik baholar keltiriladi. Bunda tadqiqotchi metodologiya qismida ko‘rsatgan tartibda ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
  3. Muxokama qismi. Muxokama bo‘limi – maqolaning eng qiyin qismidir. Natijalar bo‘limida dalillar va faktlar keltirilsa, munozara bo‘limida muallifning fikrlari, g‘oyalari, tadqiqiqot davomidagi muammolari, amaldagi qo‘llanishi muhokama qilinadi. Muxokama bo‘limi ko‘proq nazariy, umumlashtiruvchi va umumiy muammoga oid bo‘lishi kerak. Muxokama bo‘limi bevosita amaliyot bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lishi lozim, chunki unda olingan natijalarning ahamiyati va ularni amalda qo‘llash muhokama qilinadi. Muxokama bo‘limi sizning fikrlaringiz va g‘oyalaringizni ifodalash uchun eng mos joy. Bu qismda talaba boshqa tadqiqotchilar bilan bahslashish, yangi gipoteza, fiklar, farazlar, nazariyalarni taklif qilishi mumkin. Agar gipoteza maqolaning kirish qismida shakllantirilgan bo‘lsa, unda muhokamada gipoteza tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligini yozish kerak.
  4. Adabiyotlar ro‘yxati. Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida shakllantiriladi va MLA uslubidan foydalaniladi. Matn ichidagi olimlar tomonidan berilgan fikrlar ko‘chirma gap sifatida kelganda, iqtiboslar MLA uslubida beriladi.

Na’muna: Abdurahmanov, Sh, and S. Yoldoshev. "WHEN SAYING" VISUAL IMAGE" AND" AXONOMETRY" ON HOW IMAGES ARE UNDERSTOOD." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 1056-1062.

1)Muallifning familyasi, ismining va otasining ismi bosh harfi;

2)Nashrning sarlavhasi;

3)Qaysi jurnalda nashr qilinganligi;

4)Jurnalning qaysi sonida nashr qilinganligi;

5)Nashr qilingan yil;

6)Maqola jurnalning qaysi sahifasidan o’rin olganligi.

- Agar foydalanilgan adabiyotlar orasida qonunlar, qaror va farmonlar keltirilsa adabiyotlar ro‘yxatining dastlabki qismida keltiriladi va u quyidagicha:

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni. 11-dekabr 2003-yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida 29.10.2020 yildagi PF-6097-son.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida 03.07.2023 yildagi PQ-200-son.

- Foydalanilgan web-saytlar ro‘yxati quyidagi tartibda beriladi:

Foydalanilgan web-saytlar ro‘yxati:

http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

 Jurnalda chop etish uchun, maqolalarni elektron shaklda, Maqola MS Word (.docx) formatida, muallifning shaxsiy elektron pochtasidan info@eyib.uz elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.