Published 2026-06-13
Keywords
- Badiiy matn, lingvopoetik tahlil, tamoyillar, intertekstuallik, poetik aktuallashuv.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Abstract
Til insonning o‘z mohiyatini, ruhiyati va faoliyatini turli nuqtayi nazarlardan tadqiq etuvchi eski va yangi fanlarning markaziy, ayni paytda o‘ta murakkab o‘rganish obyekti sifatida favqulodda o‘ziga xos hodisadir. Bu sirli hodisaning bevosita reallashish, namoyon bo‘lish tarzi sanalmish yaxlit nutq oqimini bo‘laklarga bo‘lish, qismlarga ajratish, har bir qism yoki qismchani alohida tasavvur eta bilish, shuningdek, bu qism yoki qismchalar o‘rtasidagi mutanosib va hatto nomutanosib munosabatlarni idrok qila olishday bir bosqichga еtib kelgunga qadar inson aqli uzoq va mashaqqatli tadrijiy takomil yo‘lini bosib o‘tganligi shubhasiz. Inson o‘zligini ifodalashda aytilgan takomil yo‘li jarayonlarida tildan foydalanishning, mazkur nutq parchalarini bir-biri bilan biriktirishning shunday usullarini ham kashf etganki, natijada badiiy nutq deyiladigan mo‘jizakor bir vositaning muallifiga aylangan.
References
- 1. Wellek R. Edebiyat teorisi. – Izmir. Akademi kitabevi. 1993.
- 2. Арнольд И.В. Стилистика современного английского языка. –Л.: Просвещение, 1973.
- 3. Виноградов В.В. Проблемы русской стилистики. – М.: Высшая школа, 1981.
- 4. Яқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларининг лингвопоэтик хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 2005.
- 5. Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент, 2008. – Б. 156-168
- 6. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.
- 7. Одинцов В.В. Стилистика текста. – М.: Наука, 1980.
- 8. Структура и функционирование поэтического текста. Очерки лингвистической поэтики. – М.: Наука, 1985.
- 9. Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.
- 10. Хованская З.И. Анализ литературного произведения в современной французской филологии. – М.: Высшая школа, 1980.