Vol. 1 No. 1 (2026): TIPU Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti va EYIB hamkorligidagi Lingvopoetika: yangi tadqiqotlar, yangicha yondashuvlar ilmiy maqolalar to'plami
Articles

OYBEKNING O‘XSHASHSIZ O‘XSHATISHLARI

Nizomiddin MAHMUDOV
Filologiya fanlari doktori, professor O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Published 2026-06-13

Abstract

Yorqin va komil badiiy iste’dod asosida hamisha teran va muntazam kuzatuvchanlik, turfa olamning kamalak ranglarini zakiylik bilan ko‘ra olish va ularning tirikligiga, tabiiyligiga putur yеtkazmagan holda ko‘rsata olish yotadi. Zero, kuzatuvchanlik va mukammal his qilish, aslida, behad nozik va nodir bir malaka bo‘lib, u har qanday badiiy iste’dod takomilinyng ibtidosidir. Bu ma’noda Oybek she’riyati behad ibratli bo‘lib, uning har bir she’ri nafis va raso kuzatishlar, mantiqli mushohadalar natijasi ekanligi ravshan ko‘rinib turadi.