TUT IPAK QURTI URUG‘INI JONLANTIRISH VA PARVARISHLASHNI ELEKTROTEXNOLOGIK USULDA OLIB BORISHNING NATIJALARI
Abstract
. Bugungi kunda Respublikamizda pilla yetishtirishda sifatli, kasallik va zararkunandalardan tozalangan, tez rivojlanib, yaxshi pilla beradigan ipak qurti urug‘larini yetishtirishning kimyoviy ishlov berishlardan xoli ekologik sof resurstejamkor texnologiyalari va qurilmalarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Ipakchilik soxasini tupdan rivojlantirish maqsadida Respublika xukumati respublikada ipakchilik soxasini yanada rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”da, jumladan «...qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash...» bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan [1].