LABIRINT QATLAMLI SKRUBBER ELEMENTLARINING KORROZION-ABRAZIV YEYILISH MEXANIZMLARINI TAHLIL QILISH

Mualliflar

  • Nabiyev Nodirbek Qo’qon davlat universiteti tayanch doktarant ##default.groups.name.author##

Annotatsiya

Ushbu maqolada labirint qatlamli skrubber elementlarining ekspluatatsiya sharoitida korrozion-abraziv yeyilish mexanizmlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Kimyo, metallurgiya, sement ishlab chiqarish va boshqa sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan ho‘l gaz tozalash qurilmalarining ishonchliligi ko‘p jihatdan ularning konstruktiv elementlari gaz-suyuqlik-qattiq zarracha tizimida yuzaga keladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlarga bardoshliligiga bog‘liq. Labirint qatlamli skrubberlarda gaz oqimining yo‘nalishini takroran o‘zgartirishi, suyuqlik tomchilarining metall sirtiga urilishi, qattiq dispers zarrachalarning abraziv ta’siri va ishqoriy muhitning elektrokimyoviy faolligi bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi. Natijada material sirtida mexanik deformatsiya, passiv qatlamning buzilishi, mahalliy korroziya, eroziya va abraziv yemirilish jarayonlari o‘zaro ta’sirlashib, umumiy material yo‘qotilishini tezlashtiradi. Tadqiqotda korrozion-abraziv yeyilishning asosiy mexanizmlari, ularning yuzaga kelish shartlari, oqim tezligi, zarrachalar konsentratsiyasi, zarracha shakli va qattiqligi, ishqoriy eritmaning kimyoviy tarkibi hamda labirint elementlarining geometrik parametrlariga bog‘liqligi nazariy jihatdan o‘rganilgan. Shuningdek, yeyilishga qarshi konstruktiv, texnologik va materialshunoslik yechimlarining samaradorligi tahlil qilinib, skrubber elementlarining xizmat muddatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Adabiyotlar

Rao A., et al. Erosion-Corrosion of Materials in Industrial Equipment: A Review. ChemElectroChem. 2023. Vol. 10, Issue 16. DOI: 10.1002/celc.202300152.

Stachowiak G.W., Batchelor A.W. Engineering Tribology. 4th ed. Butterworth-Heinemann, 2013.

ASTM International. ASTM G119-09(2021). Standard Guide for Determining Synergism Between Wear and Corrosion. ASTM International, 2021. DOI: 10.1520/G0119-09R21.

Slurry erosion of steel – Review of tests, mechanisms and materials. Wear. 2018. Vol. 408–409. P. 248–273. DOI: 10.1016/j.wear.2018.05.010.

United States Environmental Protection Agency (EPA). Monitoring by Control Technique – Wet Scrubber for Particulate Matter. Air Emissions Monitoring Knowledge Base.

Tarodiya R., Levy A. Surface erosion due to particle-surface interactions – A review. Powder Technology. 2021. Vol. 387. P. 527–559. DOI: 10.1016/j.powtec.2021.04.055.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-11-06