Published 2026-06-06

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda portfolioga asoslangan baholash tizimining nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Portfolioli baholash o‘quvchilarning grafik savodxonligi, ijodiy fikrlashi, amaliy ko‘nikma va malakalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ta’lim texnologiyasi sifatida tahlil qilinadi. Maqolada portfolioli baholashning maqsadi, vazifalari, turlari hamda chizmachilik darslarida uni qo‘llash bosqichlari ilmiy asoslangan holda bayon etilgan. Shuningdek, portfolioli baholash mezonlari, baholash indikatorlari, o‘quvchi faoliyatini monitoring qilish hamda refleksiya jarayonini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida portfolioli baholash chizmachilik fanida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini oshirishi, ularning grafik topshiriqlarni bajarish sifati va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishi aniqlangan. Portfolioga asoslangan baholash tizimi an’anaviy reyting va yakuniy nazorat shakllarini to‘ldiruvchi, ta’lim natijalarini shaffof hamda adolatli baholash imkonini beruvchi innovatsion yondashuv sifatida talqin etiladi.
References
- 1. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2012.
- 2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
- 3. Xolmatov R. Chizmachilik (Oliy ta’lim uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
- 4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004