KO‘P KAMERALI ARALASHTIRGICHLARDA TOLA XOSSALARINI VAQT BO‘YICHA TEKISLASH SAMARADORLIGINI STATISTIK MODELLASHTIRISH

Authors

  • Suvonov G’anisher; Mamadaliyeva Zuxra Yigitaliyevna Qo’qon Davlat Universiteti Aniq fanlar va Muhandislik fakulteti talabasi; Qo‘qon Davlat Universiteti, “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi PhD Author

Abstract

Maqolada titish-tozalash agregatidagi ko‘p kamerali aralashtirgichda paxta tolasi xossalarini (mikroneyr misolida) vaqt bo‘yicha tekislash jarayoni statistik modellashtirilgan. Kirish oqimidagi tebranishlar toylararo (davriy), tutamlararo (tasodifiy) va uzoq muddatli komponentlarga ajratilgan. Aralashtirgich chiziqli filtr sifatida ifodalanib, uning uzatish funksiyasi olingan. Kameralar soni va kameraning to‘lish vaqti ko‘paytmasi toy ochgichning to‘shama bo‘ylab o‘tish davriga karrali bo‘lganda toylararo tebranish to‘liq yo‘qolishi ko‘rsatilgan (sinxronlash sharti). Ushbu sharoitda tekislash samaradorligi 6,8 ga yetadi, kameralar sonini yanada oshirish esa samaradorlikni kam o‘zgartiradi, chunki chiqishdagi dispersiyaning 98 % ini uzoq muddatli komponent tashkil etadi. Natijalar aralashtirgich parametrlarini tanlash va toylarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar asosida umumlashtirilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni.

2. Fragkotsinos E. Cotton laydown management in spinning mills // 37th International Cotton Conference Bremen. – Bremen: Faserinstitut Bremen e.V., Bremer Baumwollbörse, 2024. – URL: https://baumwollboerse.de/wp-content/uploads/2024/04/ICCB24_pres-11-4-Fragkostonos.pdf

3. Bui Q.-T. Equal-Sized Partition Problem: Application in Spinning and Yarn Production // 32nd International Conference on Principles and Practice of Constraint Programming (CP 2026). – LIPIcs, 2026. – P. 9:1–9:14. – DOI: 10.4230/LIPIcs.CP.2026.9.

4. Hossen J., Saha S.K. Influence of Blending Method and Blending Ratio on Ring-spun Yarn Quality – a MANOVA Approach // Tekstilec. – 2023. – Vol. 66, No. 3. – P. 227–239. – DOI: 10.14502/tekstilec.66.2023023.

5. Delhom C.D., van der Sluijs M.H.J., Bange M.P., Long R.L., Nelson A. Yield, Fiber Quality, and Textile Outcomes from In-Field Blending of Cotton Seed at Planting // Journal of Cotton Science. – 2023. – Vol. 27. – P. 1–11.

6. Uster Shares Insights To Avoid Claims, From The Start Of The Process [Elektron resurs] // Textile Excellence. – 01.03.2026. – URL: https://textileexcellence.com/single-news/6804/uster-shares-insights-to-avoid-claims-from-the-start-of-the-process

Downloads

Published

2026-11-06