QO‘QON TEX INVEST MChJ KORXONASIDA MAVJUD TEXNOLOGIK JIHOZLARNING XAVFSIZ ISHLASHINI TA’MINLOVCHI HIMOYA QURILMALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon Tex Invest MChJ korxonasida avtomobilsozlik sanoati uchun ehtiyot qismlar, jumladan, Chevrolet Cobalt va Onix rusumli avtomobillarga mo‘ljallangan bamper kronshteynlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik jihozlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Korxonada qo‘llanilayotgan kontaktli nuqtali avtomatik payvandlash qurilmalarining ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mexanik, elektr, termik va texnologik xavf omillari tahlil qilingan. Ishlab chiqarish jarayonida operatorning harakatlanuvchi mexanizmlar, elektr toki, yuqori harorat, payvandlash uchqunlari va qisuvchi elementlar ta’siridan himoyalanishi muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Shuningdek, mavjud himoya vositalarini takomillashtirish maqsadida avtomatik blokirovkalash, fotoelektrik xavfsizlik datchiklari, avariya holatida to‘xtatish tugmalari, himoya ekranlari va boshqaruv tizimlarini o‘zaro integratsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan texnik yechimlar ishlab chiqarish jarayonida mehnat xavfsizligini oshirish, baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish va texnologik jihozlarning ishonchli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
Downloads
References
1. ISO 12100:2010. Safety of machinery — General principles for design — Risk assessment and risk reduction. International Organization for Standardization.
2. IEC 60204-1:2016. Safety of machinery — Electrical equipment of machines — Part 1: General requirements. International Electrotechnical Commission.
3. ISO 13849-1:2023. Safety of machinery — Safety-related parts of control systems — Part 1: General principles for design. International Organization for Standardization.
4. ISO 13850:2015. Safety of machinery — Emergency stop function — Principles for design. International Organization for Standardization.










